
- 2023-02-20 21:43:50
Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning n...
Giyohvandlik – XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Giyohvandlik nafaqat bu illat bilan shug‘ullanuvchilarga, balki butun jamiyatga tahdid soladi. Shuning uchun ham har yili 26-iyun – “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” deb e’lon qilingan.
Jizzax politexnika institutida «Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishi, suiste’molini oldini olish hamda unga qarshi kurashish» mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Respublika ixtisoslashgan Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati mintaqaviy filiali vrach narkologi – S.Safarova, oliy toifali xamshira – L.Xo‘jabekova, Jizzax shahar Qassoblik mahallasi imom-xatibi – A.Xasanov, Jizzax viloyat IIB JDB xodimi J.Ashirboyev, Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi – Sh.Qobilov, institut profilaktika inspektori – F.Normatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar tomonidan mavzu doirasida batafsil ma’lumot berilib, giyohvandlikka ruju qo’yishning ayanchli oqibatlari misollar bilan tushuntirildi.
Shuningdek, tadbir davomida yigʻilganlarga mavzu yuzasidan tayyorlangan maxsus videoroliklar namoyish etildi.
Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.