...

20 Okt

Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlari Adiblar xiyobonida

 Ayni kunlarda 21-oktyabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Bugun ushbu sanaga bag‘ishlangan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Jizzax politexnika instituti hamkorligida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Adiblar xiyobonidagi Alisher Navoiy haykali poyida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi talaba va o‘quvchilarining ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi xodimi Oybek O‘razaliyev, shoirlar Respublika Yozuvchilar uyushmasidan Gʻayrat Majid, Farida Afro‘z, Zulfiya Mo‘minova, Nargiza Asadova, Shahlo Axrorova va institutimizning Yoshlar masalalari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sanobar Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi B. Rashidova, barcha fakultetlar yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovinlari, tyutorlar va institut ijodkor talaba yoshlari ishtirok etdi.

 

Tadbirda institutning iste’dodli talabalari O‘zbek tili bayrami bilan barchani muborakbod etib, Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi ekanligi to‘g‘risida, shu sababli ham tilning yot ta’sirlardan saqlash xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilashi, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerakligi haqida aytib o‘tdi. Institut talaba – yoshlari buyuk adiblarimizning “Ona tili” va “Ona Vatan” haqidagi she’rlari, hamda viloyatimizda haykallari o‘rnaltilgan buyuk adiblarimiz Sharof Rashidov, Hamid Olimjon, Zulfiya Isroilova ijodlaridan namunalar o‘qidilar. Talabalar ijrosi barcha yig‘ilganlarga manzur bo‘ldilar. 

Tadbirda til insonlarning o‘zaro aloqa vositasi, insonga berilgan bebaho ne’mat ekanligi ta’kidlandi. So‘zga chiqqanlar millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham til ekani, har bir xalqning o‘z tili uning bebaho boyligi, iftixori hisoblanishi haqida gapirdi.

– Yoshlarimizni she’r o‘qishlarini ko‘rib, ularda adabiyotga, tilimizga bo‘lgan mehrni his qildim, – dedi shoira Farida Afro‘z. – Albatta, tilimizni, adabiyotimizni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgan paytda har birimiz bu jarayonga mas’uliyat bilan qarashimiz kerak, deb o‘ylayman.

   

 Yozuvchilar uyushmasidan Gʻayrat Majid o‘z so‘zga chiqib – statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratsak, dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo‘lib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul qilinganligi. Ularning orasida o‘zbek tilining borligi uning naqadar sof, mukammal, purma’no va jozibadorligi to‘g‘risida gapirdi. So‘zining yakunida talabalar tomonidan buyuk adiblar ijodidan she’rlarni ifodali va ta’sirchan aytib berishi, institut texnika yo‘nalishi bo‘lsa-da, shuncha ijodkor va she’riyat bilan osho bo‘lgan talabalar borligi va ularga berilayotgan e’tibor albatta bizni juda quvontirdi – dedi.

Tadbir davomida Shahlo Ahrorova ham so‘zga chiqib, O‘zbek tili bayramining nishonlanishi bu nafaqat 21- oktyabr sanasida balkim, biz yil davomida har kuni buni bayram qilishim kerak- deb fikrini davom ettirdi. “Ona tilim” – deb nomlangan yangi ijod namunasini ishtirokchilar diqqatiga havola qildi. Shahlo Axrorova ham is’tedodli talabalar tomonidan aytilgan – buyuk adiblarimiz ijodidan Vatan, “Ona tili” she’rlarini tinglab she’rlar, ifodali va ta’sirchan qilib ayganligini, alohida ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi talaba va o‘quvchilarining ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi xodimi Oybek O‘razaliyev ham tadbir ishtirokchilarini “21-oktyabr-O‘zbek tili bayrami kuni” bilan samimiy tabriklab, dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tili hisoblanishi. Shunday ekan har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi, xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilashi. Birgina til ko‘plab xalqlarni o‘zaro birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’ana va madaniyatlarini saqlaydi, uni avloddan avlodga o‘tishini ta’minlashi haqida aytib, o‘zbek tilining ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirar ekanlar, tilimizning naqadar boyligi haqida asosli dalillarni keltirib o‘tdi. Ma’ruzachi- talabalar albatta, xorijiy tillarni o‘rganish zarurligi, shu bilan birgalikda o‘zbek tilini hurmat qilishi va unga bo‘lgan hurmatni, onaga bo‘lgan hurmat deb tushunishlari haqida aytib o‘tdi.

Darhaqiqat, hikmatli so‘zlar, she’ru dostonlar, qo‘shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili yashaydi, o‘z nufuzi, obro‘siga ega bo‘ladi. Har bir xalqqa o‘z tili aziz va ardoqli.

Tadbir davomida institut talabalari tomonidan Sharof Rashidov ,Hamid Olimjon, Zulfiya Isroilova, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Rauf Parpi, Xurshid Davron, Sirojiddin Said, Iqbol Mirzo she’rlari o‘qildi. Qo‘shiqlar ijro etildi.

 

Shundan so‘ng, ishtirokchilar Adiblar xiyoboni va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyida bo‘ldi.

        

Tushlikdan so‘ng, talaba- yoshlar “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif buyurdilar.

     Albatta, Muzeylar ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ularda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi. Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat va muhabbat uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi albatta, sayohat davomida.

Muhtasham majmuada Amir Temur va temuriylar davri tarixi, madaniyati, san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud. Bu yerdagi har bir eksponat ajdodlarimizning ulkan salohiyatidan so‘zlaydi. Muzey mas’ullari sohibqiron hayoti va amallari haqida so‘zlab berishdi.

Ta’kidlanganidek, Amir Temurning onasi Takina xonim buxorolik, otasi Amir Tarag‘ay esa barlos urug‘ining oqsoqollaridan va Chig‘atoy ulusining obro‘li beklaridan edi. Muzeyni ko‘zdan kechirish vaqtida Toshkent, Samarqand va Shahrisabz kabi shaharlarda Sohibqironning mahobatli haykallari qad rostlagani, poytaxtimiz markazida, uning nomi bilan ataluvchi xiyobon yonida Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etilgani haqida ma’lumot berildi. Muzeyga sayohat talaba yoshlarning tarix, qadimiy obidalar haqidagi ta’surotlarini yanada boyitdi.