...

24 Okt

"Zukko kitobxon" ko’rik tanlovi — “Qurilish materiallari muhandisligi” fakulteti

Jizzax politexnika instituti “Qurilish materiallari muhandisligi” fakulteti 1-kurs talabalari o’rtasida «Zukko kitobxon» ko’rik tanlovi o’tkazildi. Tadbirda fakultet dekani M.Mirzabekov so’zga chiqib, ko‘rik-tanlov talaba-yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘maklashish, iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish, ularning o‘z aql-zakovatini namoyon etishiga ko‘maklashish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlariga mehr uyg‘otishdan iborat ekanligini ta’kidladi.

Shundan so’ng fakultetning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini O’.Suynov so’zga chiqib jamoalarni tanishtirib o’tdi. Tanlovda 1-kurs talabalaridan jami 8 ta jamoa qatnashdi.Bulardan 801-22-guruh Zarbdor jamoasi, 802-22 guruh Turon jamoasi, 803-22 Quruvchi yoshlar jamoasi, 804-22 guruh Lider jamoasi, 810-22 guruh Qalqon jamosi, 811-22 Lochin jamoasi, 812-22 guruh Yupiter jamoasi va 821-22 guruh Start jamoasi faol ishtrok etdi. Tanlovda 10 ta kitobdan 20 tadan savol berildi. Tanlovning yakuniy natijasiga ko’ra 804-22 guruh Lider jamoasi 3-o’rin, 803-22 guruh Quruvchi yoshlar jamoasi 2-o’rin, 812-22 guruh Yupiter jamoasi 1-o’rinni qo’lga kiritdi. O’tkazilgan tanlov ishtirokchilar va tomashabinlarga xushkayfiyat bag‘ishladi. Talaba-yoshlarimizning kitobga bo’lgan qiziqishlari yanada oshdi desak mubolag’a bo’lmaydi.