...

08 Noy

JizPIda “Lektoriy konsert” dasturi namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qaroriga asosan Jizzax politexnika institutida bugun O’zbekiston davlat filarmoniyasining “Navo” ansambli tomonidan “Lektoriy konsert” dasturi namoyish etildi. 2022 — 2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi. Qarorda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan boshqa madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda lektoriy konsertlarini o‘tkazish belgilab qo‘yilgan. Lektoriy konsertlari ta’lim va madaniyat muassasalarida tashkil etiladi hamda o‘quvchi va talabalarning musiqiy madaniyatini, savodxonligini yuksaltirishga, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirishga, musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lishi belgilangan.

Bugun institutimizda o‘tkazilgan lektoriy konsertda institutimizning barcha fakultetlaridan san’atsevar talabalar ishtirok etdilar. Konsert juda maroqli o‘tdi. Konset yakunida institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S. Eshbekova so‘zga chiqib, “Navo” ansambli ijrochi, cholg‘uchi va raqqosalariga o‘z minnadorchiligini bildirdi. S. Eshbekova o‘z so‘zida, bo‘sh vaqtlarida talabalar ushbu mashg‘ulotlarda faol qatnashishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, musiqa ilmini o‘rganishi lozimligi, zero, san’atga oshno qalbda yovuzlikka o‘rin yo‘qligini, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda bugungi kunda bo‘layotgan keng qamrovli bunyodkorlik va yaratuvchanlik jarayonlariga daxldorlik hissini shakllantirish, kundalik turmush jarayonlarida madaniyat va san’atning o‘rnini har tomonlama oshirish asosiy yo‘nalishlardan biri ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

         .