...

11 Noy

Institutimiz fakultetlari kesimida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarorining hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida institut fakultetlari kesimida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Ushbu tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, barcha fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, barcha fakultetlar jamoalari a’zolari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Musobaqada institutning 6 ta fakultetidan

1. Arxitektura va qurilish fakultetidan “Arxitektorlar” jamoasi

2. Energetika va radioelektronika fakultetidan “Elektriklar” jamoasi

3. Kimyoviy texnologiya fakultetidan “Kimyogarlar” jamoasi

4. Sanoat texnologiyalari fakultetidan “Akademik” jamoasi

5. Transport fakultetidan “Tafakkur” jamoasi

6. Qurilish materiallari muhandisligi fakultetidan “Kelajak” jamoalari ishtirok etdi.

Zakovat intelektual o‘yinida I o‘rinni Transport fakultetidan “Tafakkur” jamoasi, II o‘rinni Sanoat texnologiyalari fakultetidan “Akademik” jamoasi, III o‘rinni Energetika va radioelektronika fakultetidan “Elektriklar” jamoasi, Qurilish materiallari muhandisligi fakultetidan “Kelajak” jamoasi, Kimyo texnologiyalari fakultetidan “Kimyogarlar” jamoalari egalladi.