...

16 Noy

JizPIda fakultetlar jamoalari o'rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarorining hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida institut fakultetlari kesimida “Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. M.Xolbekova o‘z so‘zida “Zukko kitobxon” tanlovi institutning barcha fakultetlari talabalari ishtirokida doimiy ravishda o‘tkazilib kelishini ta’kidladi. Shuningdek, barcha fakultetlardan ishtirok etayotgan jamoalarni “Zukko kitobxon” tanlovining nizomi bilan yana bir bor tanishtirdi. Shundan so‘ng, tanlovi boshlandi. Musobaqada quyidagi 6 ta jamoa ishtirok etdi:

  1.  Arxitektura va qurilish fakultetidan “Arxitektorlar” jamoasi;
  2.  Energetika va radioelektronika fakultetidan “Parvoz” jamoasi;
  3.  Kimyoviy texnologiya fakultetidan “Atom” jamoasi;
  4.  Servis fakultetidan “Yuksalish” jamoasi;
  5.  Transport fakultetidan “Tafakkur” jamoasi;
  6.  Qurilish materiallari muhandisligi fakultetidan “Zamin” jamoasi.

Yakuniy natijalarga ko’ra, “Zukko kitobxon” tanlovida I o‘rinni Qurilish materiallari muhandisligi fakultetining “Zamin” jamoasi, II o‘rinni Servis fakultetining “Yuksalish” jamoasi, III o‘rinni Energetika va radioelektronika fakultetining “Parvoz” jamoalari egallashdi.