...

17 Noy

JizPIda 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Jizzax politexnika institutining talabalar turar joyida  17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati “Men baxtli talabaman” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bu bayram talaba-yoshlarning, ularning oltin davrini yanada esda qolarli va maroqli bo‘lishi uchun butun mamlakatimizda keng nishonlanadi. Talabalik umrning beg‘ubor fasli, katta hayot sari qadam qo‘yish ostonasi, ulkan orzu-umidlar davri.    Bugungi kunda davrning o‘zi Vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun asosiy tayanch bo‘lgan yoshlar jamiyatning muhim qatlami ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Tadbirni o‘tkazish uchun talabalar turar joyining kirish qismi bayromona bezatildi. Institutning barcha fakultet talabalari bayram tadbirida faol ishtirok etdilar.

Tadbirni institut rektori A. K. Usmankulov tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

 – «Talabalik har bir yosh qalb uchun katta hayotga qadam qo‘yish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va ulkan orzu-umidlar davridir», -dedi institut rektori A. Usmankulov. – Sizning oldingizda faqat bir vazifa: chuqur bilim olish va o‘z kasbingiz bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib yetishish vazifasi turibdi. Shunday ekan, ulkan maqsadlar sari dadil harakat qilishda davom eting. Ishonamanki, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz, yetuk salohiyatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz!

Tadbir davomida o‘qishda va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan, yuqori salohiyatli yoshlar “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan mukofot va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

 Shuningdek, talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan talabalar ham Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan institut rektori tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Institutda “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida talabalar o‘rtasida  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi PQ-259-son qarori bilan tasdiqlangan etnosport turlarini 2025-yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturining 2022-2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha Yoʻl xaritasi bo‘yicha o‘tkazilgan etnosport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada umumiy ballar bo‘yicha Arxitektura va qurilish fakulteti 1-o‘rinni, Sanoat texnologiyalari fakulteti jamoasi 2-o‘rinni, Servis fakulteti jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Etnosport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada g‘olib bo‘lgan barcha jamoalarni institut rektori sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirladi.

Tadbir ikkinchi qismida talabalar turar joyi oshxonasida bayram munosabati bilan institut ma’muriyati tomonidan talabalar uchun yozilgan dasturxonga osh tortildi.

Tadbirning badiiy qismi lektoriy konsert bilan ulanib ketdi. O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasining sozandalari, qo‘shiqchi va raqqosalari talabalarni o‘zlarining diltortar kuy-qo‘shiqlari va raqslari bilan xushnud etdilar.

Tadbirdan fotolavhalar: