...

19 Noy

Jizzaxda “Madaniyat karvoni” ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Bugun Jizzax shahridagi Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» nomli ezgu shior asosida viloyatimizda bir hafta davom etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yakuni bo‘yicha bayram dasturi o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimligi vakillari va ma’naviyat targ‘ibotchilari bilan birgalikda bir guruh elimiz suygan shoirlar, kino va teatr aktyorlari, san’atkorlar hamda so‘z ustalari tomonidan aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Dastlab, Prezidentimizning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Nodir Xolbo‘tayev so‘zga chiqib, viloyatda o‘tkazilgan tadbirlar ko‘taringki kayfiyatda o‘tganini ta’kidladi va barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Savurbayev ham so‘zga chiqib targ‘ibotchilarga hududlarda olib borgan uchrashuvlar uchun viloyat ahli hamda viloyat hokimligining tashakkurini yetkazdi.

Tadbirda poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar va mahalliy ijodkorlar tomonidan tashkil etilgan galakonsert hamda chiqishlar barcha yig‘ilganlarga ma’naviy hordiq va xushkayfiyat ulashdi.

Ushbu tadbirda Jizzax politexnika institutining professor-o’qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlaridan iborat jamoasi ham munosib ishtirok etdi.