...

15 Noy

JizPIda “Bayrog'im – bu mening faxrim va iftixorim” mavzusida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xolbekova, Qurulish materiallari muhandisligi fakulteti dekani M.Mirzabekov, Jizzax garnizoni 524 SChRb KTIBO kapitani O.Turg’unboyev, fakultet dekani muovini O.Suyunov, fakultet tyutorlari, harbiy xizmatchilar va talaba-yoshlar qatnashdilar.

Tadbirni kirish so’zi bilan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xolbekova ochib berdi. M.Xolbekova o’z so’zida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining 31 yilligiga munosabati bilan «Bayrog’im – bu mening faxrim va iftixorim» mavzusida davra suhbati tashkil etilganligi, Bayroq davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Hozirda respublikamizning barcha joylarida bayrog’imizning tashkil topganiga 31 yil to’lishi munosabati bilan qator madaniy-marifiy tadbirlar tashkil etilganligini aytib o’tdi.

Shundan so’ng so’z navbati tadbir mehmonlariga berildi. 524 SChRb KTIBO kapitani O. Turg’unboyev Davlat bayrog’i tashkil topgan kun munosabati bilan talabalarni tabriklab, Davlat bayrog’i harbiylarning g’ururi bo’lib, qasamyodimizga sodiq qolgan holda Vatanimiz himoyasida javlon urib xizmat qilmoqdamiz. Siz yoshlar bizning kelajagimiz, sizlar o’zlaringizni yutuqlaringiz bilan Davlatimiz bayrog’ini yuksaklarga ko’tarishingiz va Vatanni yurakdan sevishingiz kerak deb o’z so’zini davom ettirdi.

So’ngra tadbirning badiiy qismida harbiy xizmatchilar o’zlarining qo’shiq va she’rlarini ijro etdilar. Talabalarni Davlatimizning bayrog’i tashkil topgan kuni munosabati bilan tabriklashdilar. Fakultetning iqdidorli va faol talabalari tomonidan she’r, raqs va qo’shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarda ijobiy taassurotlar qoldirdi. Tadbir barcha yoshlarning qiziqarli kechasiga aylanib, ular turli ashula va raqslarni, she’rlarni ijro etib, barchani birdek xursand qildi.