...

07 Dek

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi navbatdagi tadbir

Jizzax politexnika institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Jizzax viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha ma’sul xodimi N.Raimov, O‘zMU Jizzax filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S.Xudoyberdiyev, Respublika yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi boshlig‘i M.Abduraxmanova, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi D.Hamraqulov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi, f.f.b.f.d. (PhD), dots. v.v.b. Sh.Turatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.v.b. M.Xolbekova ochib berdi.

M.Xolbekova o‘z so‘zida hozirgi kunda Respublikamizda “Jaholatga qarshi-ma’rifat” shiori ostida o’tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining ahamiyati haqida batafsil to’xtalib o’tdi. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim-tarbiyaviy ishlar, talabalar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish borasidagi muhim masalalar haqida soʻz yuritdi.

Tadbir davomida tashrif buyurgan tyutor va talabalarga “Jar yoqasida” va «Soxta da’volar» nomli ibratli videoroliklar namoyish etildi. Mazkur videoroliklarni tomosha qilish orqali talaba-yoshlar giyohvandlik, mutaassiblik va terrorning qanchalik xatar va xavf manbai ekanligi to‘g‘risidagi aniq tasavvurga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.