...

17 Okt

Institut psixologi tomonidan TTJdagi ijtimoiy-psixologik muhitni o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma о‘tkazildi.

Institut psixologi Orifjon Rajabov tomonidan talabalar turar-joyida istiqomat qiladigan barcha talabalardan turar joydagi ijtimoiy-psixologik muhitni o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma о‘tkazildi. Ijtimoiy-psixologik sо‘rovnoma asosida talabalar turar joyidagi maishiy-madaniy sharoitlar, talabalarning turar joy ma’muriyati bilan bo‘lgan munosabatlari, fakultet rahbariyatining talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishi hamda fakultet ma’muriyatining talabalar turar joyi hayotidagi ishtiroki masalalari о‘rganildi. Sо‘rovnoma natijalari tahlil qilinib, amalga oshiriladigan ishlar bо‘yicha mas’ullar bilan birgalikda chora-tadbirlar belgilandi.