
- 2022-11-22 18:23:24
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tyutorlar uchrashuv bo'lib o'tdi.
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida Jizzax politexnika institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Maxsudov bilan tyutorlar uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining 2022-yil 19-oktabrdagi 1/03-153 sonli xatiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarorida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish kabi bir qator vazifalarni bajarish maqsadida institutda “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Maxsudov bilan tyutorlar uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova kirish so’zi bilan ochib berdi.
– «Hurmatli tyutorlar, mana sizlarning faoliyat boshlaganlaringizga ham bir yildan oshdi. Sizlar talabalarning ta’lim va tarbiyasi bo‘yicha ma’sul shaxs bo‘lib hisoblanasiz. O‘zingizga biriktirilgan guruhlaringizdagi talabalar bilan doimiy har biri bilan alohida suhbatlashib borishingiz zarur. Ularning fanlarni o‘zlashtirishi, xulq atvori, ijarada yashayotgan bo‘lsa sharoiti, kimlar bilan turishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz kerak. Talabalarning intelektini shakllantirishga yaqindan yordam bering. Guruhlaringiz kesimida zukko kitobxon tanlovlarini o‘tkazing.», – dedi S.Eshbekova.
Navbatda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Maxsudov so’zga chiqib, mavzu yuzasidan o’z fikr mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, ularning oqibatlarini, imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi borasida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir savol- javoblar bilan davom etdi. Tyutorlar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar batafsil javob berdilar. Tyutorlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar hamda savol-javoblardan so‘ng tadbir yakuniga yetdi.