...

24 Noy

Kitoblar karvoni Jizzax politexnika institutida

Kitobxonlik madaniyatini oshirish, yosh avlodning mutoalaaga bo’lgan mehrini yuksaltirish maqsadida jahon va milliy adabiyotimiz durdonalaridan iborat Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar kutubxonasi” loyihasi doirasidagi “Kitob karvoni” loyihasi Jizzax politexnika institutida bo‘lishdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev tomonidan taqdim etilgan 50 nusxadagi 100 dan ortiq kitoblarni institut talabalar turar joyiga taqdim etishdi. Ushbu tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S. Eshbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. S.Eshbekova o‘z so‘zida

— «Kitob maslahatchi, sadoqatli hamrox, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning o‘rni muhim. Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Kitob mutolaasi odamlarni hamisha ezgulikka chorlaydi va ma’rifatga oshno etadi. Yoshlarning qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning o‘rni beqiyos. So‘nggi yillarda mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, Prezidentimizning bir qator qarorlari qabul qilindi. Ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni yanada targʻib qilish, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, milliy va jahon adabiyotini tizimli targʻib qilish orqali vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uygʻotishdan iborat.», – dedi S.Eshbekova.

Navbatda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Rabbimov so‘zga chiqib, Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi, 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi, 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “2020–2025 yillarga mo‘ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘lganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Shuningdek, A.Rabbimov o‘z so‘zida talabalar bo‘sh vaqtini besamar o‘tkazmasliklari kerakligini, kitob bilan oshno bo‘lishliklarini, insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘qligini ta’kidlab o’tdi.

O‘qishdan to‘xtagan odam fikrlashdan ham to‘xtaydi, degan edi donishmandlardan biri.  Bugun bu hikmatning nechog‘lik hayotiy haqiqat ekanini atrofimizda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar misolida ham anglab turibmiz. Kitob tafakkur, ma’naviyat, axloq va tarbiya manbai, uning inson kamoloti yo‘lida tutgan o‘rni haqida ortiqcha gapirishning hojati yo‘q ekanligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida talabalar tomonidan tadbir tashkilotchilariga savollar berildi. Savollarga agentlik xodimlari tomonidan misollar bilan javoblar berildilar. Olib kelingan 100 ta kitobni institut talabalar turar joyidagi kitob javoniga joylashtirildi. Va talabalarga shu yerdagi mavjud 100 kitoblar kesimida Kitobxon-savodxon tadbirlari tashkil etilishini rejalashtirish to‘g‘risida kelishib olindi. O‘tkaziladigan Kitobxon – savodxon musobaqasiga agentlik xodimlari ham tashrif buyurishlari haqida aytib o‘tildi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Talabalar tadbirda o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni oldilar.