...

03 Dek

"Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish"

JizPIda «Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish» mavzusida navbatdagi davra suhbati bo’lib o’tdi.

 Tadbirda Jizzax shahar IIB 1-sonli IIB boshlig‘i D.Mamatqulov, Jizzax shahar IIB JQB xodimi B.Sattarov, Jizzax shahar IIB JQB xodimi O.Nazarov, institut profilaktika inspektori mayor F.Normatov. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kun tartibidagi masalalar bilan barcha ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan tomonidan yoshlarga katta e’tibor berilayotgan bir paytda, talabalar Vatan ravnaqi uchun chuqur bilim olib, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi, Vatan oldida, qolaversa, ota-ona oldidagi farzandlik burchini bajarishlari kerakligi, talaba-yoshlar, ayniqsa ijarada yashovchi talabalar doimiy e’tiborda ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, viloyatimizda huquqbuzarlik profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Ochiq muloqot davomida mutaxassislar tomonidan talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berilib, ular ogohlik va hushyorlikka chaqirildi.