...

09 Okt

O‘quv seminarida tyutorlarimiz faol ishtirok etmoqdalar.

Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarining tyutorlari uchun o‘quv-seminar tashkil etish to‘g‘risida»gi 309-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo, Jizzax hamda Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari tyutorlari uchun o‘quv-seminari bo’lib o’tdi.

Ushbu o‘quv seminarida tyutorlarimiz offlayn  hamda onlayn (ZOOM orqali) tarzda ishtirok etishdi.

Seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad o’zaro tajriba almashish, talabalar bilan ishlash jarayonida uchrayotgan masalalarga to’g’ri yechim topish, tyutorlarning asosiy maqsad hamda vazifalari, talabalar murojaati bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlari kabilarni yanada chuqurroq o’rganishdir.