...

29 Dek

Tyutorlar ishtirokida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati borasida institut tyutorlari bilan seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori v.v.b. M.Xolbekova hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori v.v.b. M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad haqida ma’lumot berib o’tdi.

Shundan so’ng, so’zga Arxitektura va qurilish fakulteti tyutori Klara Fayzullayeva chiqdi. K.Fayzullayeva tomonidan ma’ruza va taqdimot qilindi.

Uchrashuv yakunida tyutorlar o’zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar. Arxitektura va qurilish fakulteti tyutori K.Fayzullayeva tamonidan savollarga to’liq hamda aniq javoblar berildi.