...

05 Yan

Institutimizda tyutorlar tomonidan o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.

Jizzax politexnika institutida tyutorlar tomonidan “Ustozlik sharafi va mas’uliyati” hamda “Qadriyatlar qadr topgan yurt” mavzularida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i M.Xolbekova, institut profilaktika inspektori mayor F.Normatov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari hamda tyutorlar ishtirok etdilar.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, tadbirning mazmun mohiyati haqida gapirdi.

Shundan so’ng, tadbirning asosiy qismiga navbat berildi. Tadbirning asosiy qismida tyutorlar tomonidan taqdimotlar qilindi va ishtirokchilarga mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida tyutorlarning ham fikr-mulohazalari tinglandi. Yig‘ilish barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.