...

08 Yan

Barcha professor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

Jizzax politexnika institutining xalqaro reytingdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan 2023-yil 5-7-yanvar kunlari institutning A binosi anjumanlar zalida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Jamshid Abdunazarov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Utkirjon Raxmatovlar tomonidan institutning barcha professor-o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

Mazkur seminar-treninglar institutning xalqaro miqyosda Top OTMlar qatoriga kirishga qaratilgan strategiyasi bo‘yicha bo’lib o’tdi.

Ushbu seminar-treninglar doirasida professor-o‘qituvchilari oldiga qo‘yilgan vazifalar tushuntirib o‘tildi. Va ushbu vazifalarning bajarilishi bo‘yicha muddatlar belgilandi. Shuningdek, xalqaro grantlar dasturlariga qanday qilib hujjat topshirish va yutish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ushbu seminarlar savol-javob tarzida o‘tkazilib professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishdi. Kelgusida qilinadigan vazifalarning bajarilishi yuzasidan aniq chora-tadbirlarni o‘zlari uchun belgilab olishdi.