...

02 Fev

Kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan onlayn tadbir tashkil etildi.

Jizzax politexnika institutida kiber jinoyatchiliklarning oldini olish va kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan onlayn tadbir tashkil etildi.

ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda Respublika Kiberxavfsizlik markazi, Jizzax shahar IIB xodimlari Jizzax politexnika institutining o’quv ishlari bo’yicha prorektori Gʻ.Egamnazarov boshchiligida talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan kiber hujumlar, kiber hujumlardan qanday himoyalanish hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan kiberjinoyatlarning oldini olish haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, har xil noma’lum saytlarga ulanmaslik bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.