...

11 Fev

Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning n...

Jizzax politexnika institutida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishi, suiste’molini oldini olish hamda unga qarshi kurashish mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Jizzax viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi S.Begimqulova, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida M.Xolbekova so‘zga chiqib mavzu doirasida ma’ruza qildi.

—“Hozirgi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan global muammolardan biri giyohvandlikdir. Obod vatanimizda bu jirkanch illatga qarshi keskin choralar ko‘rilishi haqida qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan. Giyohvandlikka ruju qo‘yganlar quyidagi illatlarga chalinadilar. Birinchidan giyohvand kishi o‘z sog‘ligidan ayriladi. Ikkinchidan ularning farzandlari nogiron tug‘iladi. Uchinchidan oilasidagi bor bisotidan ayrilib, oilaviy tinchligi buziladi, oila porokandalikka yuz tutadi. To‘rtichidan yurt va jamiyat tinchligi va farovonligiga katta zarar yetkazadi. Beshinchidan alaloqibat manqurtga aylanadi va tubsiz jarga qulaydi, ikki dunyoda ham najot topmaydi”, — dedi M.Xolbekova.

Shundan so‘ng, S.Begimqulova so‘zga chiqib, OIV infeksiyasi va uning yuqish yo‘llari, viloyatimizda va respublikamizdagi bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat to‘g‘risida oxirgi ko‘rsatkichlar bilan tanishtirdi, OIV tarqalishiga qarshi yurtimizda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar xususida batafsil gapirib o‘tdi.

Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob berildi.

Ma’lumot o‘rnida, bu virus yangi bo‘lib evolutsion yo‘l bilan simian-maymunlar T – limfotsitida yashovchi viruslardan kelib chiqqan. Bu virus inson organizmida avvaldan mavjud bo‘lib, kasallik yengil shaklda o‘tgan, oxirgi vaqtlarda virus mutatsiyaga uchragan. Bu fikr 1968-yilda vafot etgan Sent-Luis shahridagi bir bemorning muzlatib ko‘yilgan to‘qimalari namunalarida ushbu virusning bir turi aniqlanganligiga asoslanadi. Virus tahlilxonalarda, geninjeneriya usulida, olimlar tomonidan bakteriologik qurol sifatida sun’iy yaratilgan degan fikr tarafdorlari ham bor. Virusning aniqlanishi parijlik Lyuk Montane OITS kasalligiga uchragan bemorning limfatik bezidan va AQShlik olim Robert Gallo bemor qonining limfotsit xujayralaridan 1983-yilda oldinma-ketin bir hil virus ajratishgan. Bu virus 1985-yil JSST tomonidan odamning immunitet tanqisligi virusi deb nomlangan. Virusni o‘ta kuchli elektron mikroskoplarda ko‘rish mumkin, xolos.