...

14 Fev

YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI — NAVBATDAGI TADBIR

Taraqqiyot strategiyasi markazining 2023-yil 10-fevraldagi 1759-sonli xati asosida Jizzax politexnika institutida 2023-yil 14-fevral kuni tadbir tashlil etildi.

Mazkur tadbirda institutning Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Arxitektura va qurilish fakultetining talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini 2023-yil — “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi asosida I yo‘nalish ya’ni “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” yo‘nalishida nazarda tutilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tadbir ochiq muloqot va savol-javob tarzida olib borildi.

Targ’ibot tadbirlari davom etadi.