...

18 Okt

Ikkita fakultet talabalari uchun seminar-trening mashg‘ulotlari о‘tkazildi.

Institut rektori tomonidan tasdiqlangan “Institutda psixologik xizmatning olib borilishi va talabalardagi psixologik muammolarni bartaraf etish yо‘llari” mavzusida о‘tkaziladigan tadbirlar reja-dasturiga asosan bugun institutning “Energetika va radioelektronika” hamda “Kimyoviy texnologiyalar” fakulteti talabalariga institut psixologi, psixologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori Orifjon Rajabov tomonidan seminar-trening mashg‘ulotlari о‘tkazildi.

Tadbir avvalida psixolog tomonidan institutda tashkil etilgan psixologik xizmat faoliyati tо‘g‘risida tо‘liq ma’lumotlar berildi. Murojaatlar uchun manzil va bog‘lanish telefon raqamlari taqdim etildi. Seminar-trening davomida talabalarda pozitiv ruhiyatni rivojlantiruvchi mashqlar va ART terapiya mashg‘ulotlari о‘tkazildi. Psixologik metodikalar asosida talabalar о‘zlarida ruhiy motivatsiya va pozitiv kayfiyat hosil qilishdi.