...

19 Okt

Institut psixologi tomonidan fakultetlar talabalariga seminar-trening mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

2022-yil 19-oktabr kuni institut psixologi, psixologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori Orifjon Rajabov tomonidan “Institutda psixologik xizmatning olib borilishi va talabalardagi psixologik muammolarni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Seminar-treningda Transport fakulteti dekani S.Jiyanboyev, fakultetning Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha dekan o’rinbosari G.Soatova, tyutorlar hamda fakultet talabalari ishtirok etishdi. Seminar-treningda institut psixologi tomonidan institutda tashkil etilgan psixologik xizmat faoliyati to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berildi. Talabalarning qanday qilib psixolog xizmatidan foydalanishlari va murojaatlar uchun manzillar hamda bog‘lanish telefon raqamlari taqdim etildi. Seminar trening davomida talabalarda pozitiv ruhiyatni rivojlantiruvchi mashqlar va ART terapiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Seminar-trening yakunida talabalar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha ma’lumotlar olishdi. О‘tkazilgan trening, psixologik metodikalar asosida talabalar o‘zlarida ruhiy motivatsiya va pozitiv kayfiyat hosil qilishdi.