...

26 Okt

INSTITUT PSIXOLOGI TOMONIDAN O‘TKAZILAYOTGAN SEMINAR-TRENING MASHG‘ULOTLARI YAKUNIGA YETDI.

Institut rektori texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov tomonidan tasdiqlangan reja-dasturga asosan 2022-yil 18-oktabrdan 26-oktabrgacha institutning barcha fakultetlarida institut psixologi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Orifjon Rajabov tomonidan “Institutda psixologik xizmatning olib borilishi va talabalardagi psixologik muammolarni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi..
Seminar-treningda fakultet dekanlari, fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, guruh tyutorlari hamda fakultetlarning talabalari ishtirok etishdi. Seminar-treningda institut psixologi tomonidan institutda tashkil etilgan psixologik xizmat faoliyati to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berildi. Talabalarning qanday qilib psixolog xizmatidan foydalanishi va murojaatlar uchun manzil hamda bog‘lanish telefon raqamlari taqdim etildi. Seminar treninglar davomida talabalarda pozitiv ruhiyatni rivojlantiruvchi mashqlar va ART terapiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi va to‘liq ma’lumotlar olishdi. O‘tkazilgan trening, psixologik metodikalar asosida talabalar o‘zlarida ruhiy motivatsiya va pozitiv kayfiyat hosil qilishdi.