...

04 Noy

Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan davra suhbati о‘tkazildi.

Institut psixologi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Orifjon Rajabov tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan “Talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulqidagi nuqsonlar, hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish, nevrotik holatlarni kamaytirish” mavzusida davra suhbati о‘tkazildi.
Davra suhbatida institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Tursunova, barcha fakultetlarning Xotin-qizlar masalalari bо‘yicha dekan maslahatchilari ishtirok etishdi.
Institut psixologi tomonidan talaba-qizlarga xulq-atvor munosabatlari, muomala madaniyati va turli depressiv holatlar tо‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Stress vaziyatlarda shaxsning о‘zini boshqarishi hamda ta’lim jarayonlariga ta’siri masalalari hususida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida suitsidning oldini olish va suitsidga moyilligi bor talaba-qizlarni aniqlash boʻyicha psixologik soʻrovnoma, D.Rassel va M.Ferguson metodikasi, Sung sо‘rovnomasi va nevrasteniyani aniqlashning ekspress shkalasi psixologik test-metodikalari о‘tkazildi.