...

16 Noy

Jizzax politexnika institutida “Prokuror va tyutor” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining 2022-yil 19-oktabrdagi 1/03-153 sonli xatiga asosan, O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2021-yil  26-martdagi “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarorida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish kabi bir qator vazifalarni bajarish maqsadida  institutda “Prokuror va tyutor” mavzusida Jizzax shahar prokuror yordamchisi Azizbek Jo‘rayev bilan tyutorlar uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Dastlab tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining 2022-yil 19-oktabrdagi 1/03-153 sonli xatiga asosan institut tomonidan reja ishlab chiqilganligi va ushbu reja asosida 2022-yil 25-noyabrgacha har hafta dushanba va seshanba kunlari tyutorlar uchun tadbirlar tashkil etilganligini ta’kidladi.

Shundan so’ng, kun tartibidagi mavzu yuzasidan shahar prokurori yordamchisi A.Jo‘rayev so‘zga chiqib, viloyatdagi qonunlarning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar berdi. Yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha huquqni himoya qiluvchi organlarning faoliyati haqida, bugungi kunda yoshlar o‘rasida ayniqsa, maktab o‘quvchilarining dasrlarga ishtirok etmayotgan vaqtida nima bilan shug‘ullanayotganligi to‘g‘risida ham aytib o‘tildi. Talaba-yoshlarning internetdan to‘g‘ri foydalanmasligi oqibatida turli xildagi huquqbuzarlik sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida, talabalarga tyutorlar tomonidan internetdan foydalanish madaniyati haqida axborot soatlarida tushuntirib borishlari zarurligi haqida ham alohida ta’kidlab o’tildi.

Tadbir savol- javoblar bilan davom etdi. Tyutorlar tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning samarali usullari haqida hamda, Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumot berilishi so‘raldi. Ma’ruzachi tomonidan savolga yetarlicha javob berildi.

Tyutorlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar hamda savol-javoblardan so‘ng tadbir yakuniga yetdi.