...

23 Noy

"O'zbekiston yoshlari biznes yo'lida!" nomli tadbir tashkil etildi.

 Jizzax politexnika instituti Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi va Servis fakulteti hamkorligida «O’zbekiston yoshlari biznes yo’lida!» nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbir talaba-yoshlarning biznes akseleratorlik haqidagi bilim ko’nikmalarini oshirish va bu haqida boshlang’ich amaliy tushunchalarni paydo qilish maqsadida o’tkazildi.

  • Tadbirning asosiy mavzusi bo’lgan biznes akselerator dasturi — muvaffaqiyatli tadbirkorlar, yirik korxonalar rahbarlari va menejerlar, sohaning amaliy ekspertlari murabbiyligi(mentorligi) ostida ishtirokchilar o‘z bizneslarini yangi bosqichga olib chiqish, uning rentabilligini oshirish va savdo bozorini kengaytirish kabi yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan dasturdir.

Tadbirda Milliy bank Jizzax filiali tadbirkorlik faoliyati bo’limi mutaxassisi H.Jabborov, “Bonu shirinliklari” MChJ ish yurituvchi rahbari O.Ochilov, Yoshlar ishlar agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi Yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish bo’limi boshlig’i E.Xolqo’ziyev, «O’zbekinvesat» AJ sug’urta kompaniyasi jismoniy shaxslar bilan ishlash bosh menejeri S.Pirmatov, Servis fakulteti dekani J.Hamidov, institut professor-o’qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 Tadbir davomida talabalarda o’zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan javob olish imkoniyati paydo bo’ldi. Shuningdek, tashrif buyurgan soha mutaxassislaridan biznes va tadbirkorlikni qanday boshlash kerakligi, biznes g’oyani tadbirkorlik faoliyati sifatida joriy etish bilan bog’liq dasturlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.