...

28 Noy

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

  • Talaba-yoshlarning milliy o‘zligini bilgan, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, bunyodkor g‘oyalar bilan hamohang ravishda zamon bilan hamnafas qadam tashlaydigan farzandlar bo‘lib voyaga yetishlari uchun institutda doimiy ravishda ular bilan darsdan bo‘sh vaqtlarida turli ruknlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilib kelinmoqda. Talaba-yoshlar davlatimizning yoshlarga oid davlat siyosatiga hamohang holda, hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi turli islohotlarni tezda o‘zlashtirib, o‘z hayotlariga tadbiq etadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-oktabrdagi 87-01-936-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Jizzax viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o‘rinbosari L.E.Ahmadjonov, Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyat bo‘limi xodimi A.Nizomov, Jizzax viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi M.S.Xamidov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i M.Q.Abdurahmonova, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi D.Q.Xamroqulov, Transport fakulteti dekani S.V.Djiyanbayev, institut psixologi O.X.Rajabov, institut profilaktika inspektori, mayor F.Normatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini G.Soatova, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda Transport fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova ochib berdi. Notiq o‘z so‘zida kitobxonlik, yoshlar ma’naviyati kabi masalalarga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim-tarbiyaviy ishlar, talabalar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar kabi muhim masalalarga alohida to’xtalib o’tdi.

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, bugungi kunda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi mafkuraviy tahdidlar va ularning oldini olish masalalari bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Ularning savollariga soha mutaxasislari tomonidan batafsil javob berildi. Shundan so‘ng psixotrop moddalar qabul qilishning zararlariga hamda jaholatning jamiyatdagi halokatli ta’siriga doir “Jar yoqasida” hamda “Soxta da’volar” nomli roliklar namoyish etildi. Tadbir barcha talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

  X