...

15 Okt

"So‘g‘diyona-W" "Paxtakor-W" jamoasi ustidan yirik 10:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Joriy yilning 15-oktyabr kuni «So‘g‘diyona-W» jamoasi Ayollar oliy ligasi 18-tur doirasidan o‘rin olgan «Paxtakor-W» jamoasiga qarshi uchrashuvda yirik 10:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur uchrashuvda ayollar jamoamizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Jizzax politexnika instituti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlaridan iborat jamoasi ham tashrif buyurdi.

Uchrashuv yakunida viloyatimiz rahbari «So‘g‘diyona-W» jamoasi a’zolari va jamoa murabbiyi Sherali Boboqulov bilan uchrashib, «Paxtakor-W» jamoasi ustidan qozonilgan ajoyib g‘alaba bilan muborakbod etdi.