...

22 Iyn

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri

Jizzax politexnika instituti akademik litseyida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jizzax politexnika institutining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori G‘.Egamnazarov, litsey jamoasi, bitiruvchi-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbirda yilining eng yaxshi o‘quvchilari maxsus nominatsiyalarga ega statuetkalar bilan taqdirlandi. Futbol bo‘yicha litsey chempionati g‘oliblari, birinchi va ikkinchi bosqichning aʼlochi va faol o‘quvchilari, o‘qituvchilar hamda xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbirga taklif etilganlar bitiruvchilarga oʻz tilaklarini bildirishdi.

Tadbirning badiiy qismida bitiruvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.