...

04 Dek

Institutimiz vakillari Davlat boshqaruvi akademiyasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2022-yil 26-sentyabrdagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va «Notiqlik san’ati akademiyasi» NTM hamkorligida «Notiqlik san’ati: kommunikativ kompetentlik, muloqot va muomala madaniyati asoslari» mavzusida o‘quv-amaliy kurslar tashkil etildi.

Ushbu o‘quv-amaliy kurslarni Jizzax politexnika institutining Xodimlar bo‘limi boshlig‘i Bobur Gʻaybullayev, Xodimlar bo‘limi inspektori Shoxrux Xazratkulov, Institut matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Jahongir Tulakov hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, monitoring va ichki nazorat bo’limi inspektori Ja’far Razzaqovlar muvaffaqiyatli tugatib sertifikat bilan taqdirlandilar.