...

24 Dek

"Yangi O'zbekiston - Inson qadri ulug'langan yurt" mavzusidagi tadbir

Joriy yilning 23-dekabr sanasida shahrimizdagi Yoshlar innovatsion markazida «Yangi O’zbekiston» gazetasi tomonidan «Yangi O’zbekiston – Inson qadri ulug’langan yurt» mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Sindor Raxmankulov ochib berdi.

Shundan so’ng “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorov, «Guliston» jurnali bosh muharriri Mamatqul Hazratqulov, Jizzax viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining boshlig‘i Sarvar Nazarqosimov va Yozuvchilar uyushmasining raisi M.Abduraxmonovalar so‘zga chiqdi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o’tkazilib, barchada yorqin taassurot qoldirdi.

Mazkur tadbirda Jizzax politexnika institutining professor-o’qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlaridan iborat jamoasi ham munosib ishtirok etdi.