...

24 Dek

“Mening armiyam – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir” – tadbir

Jizzax politexnika institutida “Mening armiyam – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida tadbir o’tkazildi.

Mazkur tadbirda Jizzax viloyati harbiy garnizoni boshlig‘i podpolkovnik Rasulov Farruh Sotivoldiyevich, Jizzax viloyati harbiy garnizoni T va MIBO‘ Umarov Hamza Nazarovich, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarni va kun tartibidagi masalalar bilan barcha ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.

Shundan so’ng mehmonlarga so’z berildi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar tomonidan Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi, muddatli harbiy xizmatga borish va harbiy xizmatda qolish tartibi, oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, hozirgi kunda vatanimiz qurolli kuchlarining zamonaviy darajada rivojlanishi yo‘lida hukumatimiz tomonidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Yoshlarga katta e’tibor berilayotgan bir paytda, talabalar Vatan ravnaqi uchun chuqur bilim olib, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi, Vatan oldida, qolaversa, ota-ona oldidagi farzandlik burchini bajarishlari kerakligi to‘g‘risida alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar hamda xodimlar tomonidan savollar berildi.

Mehmonlar yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib, kelgusida harbiy sohada xizmat qilish niyatida boʻlgan talabalar va xodimlarga oʻz maslahatlarini berib o‘tdilar.