...

28 Dek

"Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish"

«Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda Jizzax Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i mayor E.Ochilov, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori v.v.b. M.Xolbekova, institut profilaktika inspektori mayor F.Normatov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, tyutorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori v.v.b. M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad haqida ma’lumot berib o’tdi

Shundan so’ng, so’zga Jizzax Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i mayor E.Ochilov chiqdi va barchani ochiq muloqotga chaqirdi. Hozirgi paytda viloyatimizda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to’xtaldi. Jumladan, shahrimiz markaziy ko‘chalarida o‘rnatilayotgan kuzatuv kameralari, yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari, yangi yil bayrami arafasida yo‘llar tirbandligining oldini olishga qaratilgan tadbirlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.