...

20 Yan

JizPI va EGE universiteti professor-o‘qituvchilarining onlayn uchrashuvi

Jizzax politexnika instituti Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasi professor-o‘qituvchilari va Turkiyaning EGE universiteti Qishloq Xo‘jaligi  fakulteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning 20-dekabr Jizzax politexnika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i U.Raxmatov boshchiligida Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasining professor-o‘qituvchilari va Turkiyaning EGE universiteti Qishloq Xo‘jaligi fakulteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. EGE universitetining vakillari sifatida Qishloq Xo‘jaligi fakulteti dekani Banu Yücel, dekan o‘rinbosari Fulsen Özen va soha bo‘yicha mutaxassis va professor-o‘qituvchilar Cem Karagozlu, Bülent Çakmak, Yusuf Kurucu, Hakan Bayraktar onlayn uchrashuvda qatnashishdi. Institutimizning Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasi assistenti Hoshimova Shahlo taqdimot uchun so‘zga chiqdi va kafedra haqida qisqacha to’xtalib, kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, kafedradagi loyihalar va izlanishlar to‘g‘risada ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek Hoshimova Shahlo tomonidan EGE universiteti uchun qishloq xo‘jaligi sohasiga tegishli bir nechta takliflar berildi. EGE universiteti dekani Banu Yücel so‘zga chiqib berilgan takliflardan Tuproq unumdorligini oshirish, soya va quruq sut ishlab chiqarishga oid loyihalarni qo‘llab-quvvatladi. Tuproq unumdorligini oshirishda batafsil ma’lumot berish uchun Yusuf Kurucuga so‘z berdi. Yusuf Kurucu tomonidan tavsiyalar va tushuntirishlar berildi. Onlayn uchrashuv davomida Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Utkirjon Raxmatov so‘zga chiqib, TUBITAK doirasida yuqoridagi loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi. Bu taklif ikki tomon vakillari tomonidan ma’qullanib, Tuproq unumdorligi loyihasidan tashqari soya ishlab chiqarish, uzum plantatsiyasi va sutdan quruq sut ishlab chiqarish loyihalarini ham qo‘shishni kelishib olishdi. EGE universiteti professor-o‘qituvchisi Cem Karagozlu ham uchrashuvda so‘z olib yuqoridagi loyiha bilan parallel ravishda ilmiy ishlarni ham rivojlantirish, ilmiy maqolalar yozish lozimligini aytib o‘tdi.  Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun kelishuvga erishishdi va onlayn uchrashuv yakunladi.