...

27 Yan

Arxitektura va qurilish fakulteti talabalari bilan seminar-trening ...

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularga psixologik motivatsiyalar berish maqsadida 2023-yil 27-yanvar kuni institut talabalar turar joyida institutning Arxitektura va qurilish fakulteti talabalari bilan institut psixologi Orifjon Rajabovning “Shaxsda bilish jarayonlarini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Uchrashuvda fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Azimova, fakultet tyutorlari va fakultetning talabalar turar joyida turuvchi talabalari ishtirok etishdi.

Seminar-trening uchrashuvida psixolog tomonidan talabalarga bilish jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlar bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

Seminar-trening davomida talabalarning ijodiy o’zini namoyon qilish orqali odam bilan ishlashning yumshoq va xavfsiz usuli bo‘lgan psixologik ART terapiya mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi talabalar ruhiyatini optimallashtirish uchun juda ta’sirli asoslardan biri bo‘ldi. Tadbir so‘nggida talabalar ART terapiya mashg‘ulotlari davomi sifatida raqs terapiyasi orqali o‘zlariga pozitiv ruhiyat bag‘ishlashdi. Tadbir yakunida talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.