...

27 Yan

FAKULTETLAR TOMONIDAN TALABALAR TURAR JOYIDA BIR QATOR TADBIRLAR TASHKIL ETILDI.

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida talabalar turar joyining barcha qavatlarida bugun ham fakultetlar tomonidan davra suhbatlari, ko’ngilochar tadbirlar hamda psixologik treninglar tashkil etildi.

Ma’lumki, institutimiz talabalar turar joyida har kuni soat 18:00-20:00 oralig’ida talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida tashkil etilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan bir qator tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, bugun 27-yanvar kuni Arxitektura va qurilish fakulteti talabalari bilan “Shaxsda bilish jarayonlarini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti dekani talabalar turar joyiga borib, u yerda turuvchi fakultet talabalari holidan xabar oldi. Kechgi payt fakultet talaba-yoshlari o’rtasida “Kibersport” musobaqasi o’tkazildi.

Servis fakulteti tomonidan talabalar turar joyida turuvchi fakultet talabalari o’rtasida «Zukko kitobxon» tanlovi tashkil etildi.

Shuningdek, Energetika va radioelektronika fakulteti talabalariga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida tyutorlar tomonidan kofe-breyk tashkil etildi.

Navbatda talabalar turar joyiga Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova va Transport fakulteti dekani S.Jiyanbayev tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ular talaba-yoshlar bilan uchrashib, samimiy suhbatda bo‘lishdi.

Talabalar nimalar bilan band va ular bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishayotgani bilan qiziqdilar.

Talabalar turar joyida tashkil etib kelinayotgan ko’ngilochar tadbirlar davom etadi.