...

15 Fev

“Yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida tadbir ...

Jizzax politexnika institutining katta majlislar zalida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi. 

Mazkur tadbirda Jizzax viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik H.A.Salayev, Jizzax viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik D.J.Ibragimov, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga mas’ul rektor maslahatchisi D.Xamroqulov, institut profilaktika inspektori, mayor F.Normatov, fakultet dekanlari A.Berdiqulov, M.Mirzabekov, I.Abbazov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova ochib berdi. S.Eshbekova o‘z so‘zida mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, bu kabi tadbirlarning qanchalik muhim ekanligi haqida fikr yuritdi.

Shundan so‘ng Jizzax viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Hamza Abbazovich Salayev so‘zga chiqib, kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. H.Salayev o‘z nutqi davomida talabalarga jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishda eng muhim jihatlarni tushuntirib o‘tdi.

Navbatda so‘zga chiqqan Jizzax viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Diyor Jo‘raqulovich Ibragimov mazkur tadbirlar talaba-yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishda tarbiya va xarakterning uzviy bog‘liqligi haqida to‘xtaldi.

Shundan so‘ng jinoyatchilikka qarshi kurash mavzusidagi “Baxtingizning qadriga yeting” videoroligi namoyish etildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlarning qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan hayotiy misollar bilan javob berildi.