...

25 Okt

Shuxrat Alikabulovning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti talabalari bilan institutning Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Alikabulov Shuxrat Abdumalikovichning uchrashuvi bо‘lib о‘tdi. Uchrashuvda “Sanoat texnologiyalari” fakulteti dekani I.Abbazov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Shamshiyev, institut psixologi O.Rajabov, guruh tyutorlari hamda birinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda talaba-yoshlar bilan institut moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bо‘yicha joriy yilda olib borilgan ishlar, talaba-yoshlarning bu boradagi faolligi, yangiliklar, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha prorektorning fikrlari tinglandi.

Prorektor va fakultet dekani talabalarning ta’lim olish jarayonida e’tibor berishi kerak bo‘lgan jihatlar hususida alohida to‘xtaldi. Prorektor guruhning barcha tyutorlari tomonidan ijara tо‘lovlari bо‘yicha ma’lumotlarini tingladi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan, shartnoma tо‘lovlari, talabalarga berilayotgan imtiyozlar, ijara to‘lovlari va boshqa savollar bilan mas’ullarga murojaat etishdi va to‘laqonli javoblar olishdi.