...

05 Okt

“Nuroniylar - yoshlar nigohida” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi 816-son qarori bilan oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 5-oktyabr kuni Arxitektura va qurilish, Servis hamda Qurilish materiallari muhandisligi fakultetlari tomonidan “Nuroniylar – yoshlar nigohida” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, u o‘z so‘zida mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, jamiyatimizdagi qator ijtimoiy va maishiy muammolarni bartaraf etishda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib borayotganligi. Ayniqsa, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularga hurmat-e’tibor va mehr-oqibat ko‘rsatish, salomatligini asrash, turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida davlatimizning mavjud me’yoriy-huquqiy bazasi yanada takomillashib, qator qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilganligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ-167-sonli «Keksa avlod turmush darajasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qabul qilingan qarori ham keksalarga berilayotgan e’tiborning yana bir misolidir. O‘tgan davr mobaynida keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yaxshilash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi. Xususan, sohaga oid 10 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi, nuroniylarning ijtimoiy faolliklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Faxriy murabbiy» ordeni va «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Shuningdek, keksalar uchun «Nuroniylar maskani» majmualari tashkil etildi, barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘liq miqdorda to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilda nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator qarorlarning qabul qilinganligi esa bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning yanada jadallashayotganligidan dalolat berayotganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Tadbirga viloyatimizdagi nufuzli tashkilotlarida faoliyat yuritib bugungi kunda nafaqaga chiqqan nuroniylar taklif etildi. Ravalliq mahallasida qarilik gashtini surayotgan 86 yoshga kirgan mehnat faxriysi Qobil Ochilov so‘zga chiqib yoshlik davri to‘g‘risida, yoshligida yashash murakkab bo‘lganligi, hozir yoshlarimizga berilayotgan sharoitlar u davrlarda yo‘qligi, shunday murakkab davrda ham harakat qilib mutassil o‘qib o‘rgangani va urush yillaridagi mashaqatli hayoti haqida so‘zlab berdi. Talaba- yoshlarga bugun davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan o‘rinli foydalanib, yaxshi o‘qishi o‘z kasbinining yetuk mutaxassisi bo‘lib, avollo o‘z orularini ro‘yobga chiqarishi va shu bilan birga ota-onasiga, jamiyatimizga, xalqimizga xizmat qiladigan insonlar bo‘lib yetishishi haqida aytib o‘tdi.

Tashrif buyurgan nuroniylardan Ergash Qo‘ldoshev va Suyarqul Berdiyevlar ham so‘zga chiqib, tahsil olgan davrlarini va namunali mehnat faoliyati to‘g‘risida so‘zlab, yoshlarga yaxshi o‘qishi, namunali xulqli bo‘lishi va o‘z kasbining raqabotbardosh mutaxasisi bo‘lishi to‘g‘risida aytib o‘tdi. Shuningdek, xalqimizning yorug‘ kelajagi aynan avlodlar muloqoti va hamkorligiga ham chambarchas bog‘liq ekaniga e’tibor qaratdi. O‘tkazilgan tadbirda yoshlarga xos kuch-g‘ayrat, keksa avlod vakillarining boy hayot maktabi birlashdi. Shu asnoda xulosalar qilinib, ishtirokchilar o‘zlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi qimmatli mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Tadbirning badiiy qismida fakultetlarning iqtidorli talabalari tomonidan nuroniylarga va ona vatanga bag‘ishlangan she’rlar va kuy qo‘shiqlar ijro etdilar.
Tadbir, keksa avlod vakillarining umriga umr qo‘shib, nafaqat oila a’zolari, balki jamiyat e’tibori, e’zozida bo‘lishini ta’minlaydi. Zero, keksa avlod vakillarini e’zozlagan yurt hech qachon kam bo‘lmaydi.