...

04 Noy

JizPIda Sharof Rashidov tavalludining 105 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika institutida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 105 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Ayni kunlarda yurtimiz bo’ylab barcha ta’lim muassasalarida, davlat va jamoat tashkilotlarida Sharof Rashidov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun Jizzax politexnika institutida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Xotin-qizlar raisi B.Tursunova, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti D.Soatova, fakultetlarning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o’qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirning birinchi qismida so’zga chiqqanlar, xalqimizning fidoyi farzandi Sharof Rashidov hayoti, ijod namunalari, u haqida yozilgan turli kitoblar, ko‘plab maqolalar, ijodiy faoliyati xususida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, yaratilgan hujjatli filmlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Shuningdek, davlat arbobi va adibning amalga oshirgan ishlari bilan bir qatorda, uning shaxsiy fazilatlari haqida ma’lumot berildi.

Tadbirning ikkinchi qismi  badiiy qism bilan davom etdi. Unda iqtidorli talabalar tomonidan  Sh.Rashidov she’rlaridan namunalar o‘qildi.

Sharof Rashidovning “Dugonalar bormisiz, omonmisiz?” deb nomlangan she’ri institutning “Joziba” raqs to‘garagi qizlari tomonidan ijrosi etildi.

“Transport” fakultetining iqtidorli talabasi D.Raximov doirada xorazm termasini ijro etdi. Tadbir ishtirokchilari talaba-qizlarimiz tomonidan ijro etilgan “Tanavor” raqsini maroq bilan tomosha qilishdi. Tadbir barcha yoshlarning qiziqarli kechasiga aylanib, ular turli ashula va raqslarni, she’rlarni ijro etib, barchani birdek xursand qildi.