...

09 Noy

JizPIda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yaxshi bilamizki, Ma’naviyat va ma’rifat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi, chunki ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi, ma’rifatli. Bilimli, ziyoli insonlar bor yerda esa mamlakat va millat taraqqiy etadi. Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki unga qarshi kuch ishlatilsa, zo‘ravonlik vositasida kurash olib borilsa, jaholat avvalgidan ham battarroq kuchayib ketishi shubhasiz.

Shu o‘rinda, Imom Buxoriy xazratlarining «Ilmdan boshqa najot yo‘q, bo‘lmaydi ham» degan ta’kidlari, ayni haqiqatdir.

  • Bugun Jizzax politexnika institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Jizzax viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o‘rinbosari L.Ahmadjonov, Jizzax viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i mayor J.Abdullayev, Respublika Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi boshlig‘i M. Abduraxmanova, Jizzax viloyati Davlat xavfsizlik xizmati bo‘lim boshlig‘i A.Ibrohimov, JDPU psixologi B.Bosimov, Jizzax politexnika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dots.v.b. Sh.Turatov, Energetika va radioelektronika fakulteti dekani U.Yarlakabov, dekan o’rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda institut talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbirni birinchi prorektor S.Eshbekova ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim-tarbiyaviy ishlar, talabalar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish borasidagi muhim masalalar haqida soʻz yuritdi.

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan bugungi kunda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi mafkuraviy tahdidlar va ularning oldini olish masalalari bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, yoshlarga dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyati, terrorizm va diniy ekstremizm, aqidaparastlik, siparatizm, odam savdosi va shu kabi turli tahdidlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlarning ham fikr-mulohazalari tinglandi. Ular tomondan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

Shuningdek, mutasaddi vakillar hayotiy misollar asosida o‘z tavsiya va maslahatlarini berib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, psixotrop moddalar qabul qilishning zararlariga doir »Jar yoqasida» hamda  »Soxta da’volar» nomli videoroliklar namoyish etildi. Tadbir barcha talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.