...

10 Noy

Biznes marafon Jizzax viloyatida!

Xabar berganimizdek, yosh tadbirkorlarga soha sirlaridan bilim berishga qaratilgan “Biznes marafon” loyihasining 3-mavsumi bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat markazida boʻlib oʻtdi.

“Biznes marafon”da malakali tadbirkor va spikerlar oʻzlarining yutuqlarga erishish yoʻlida qanday qiyinchiliklarga duch kelishgani va muvaffaqiyat “formulasi” xususida yoshlarga so‘zlab berishdi.

“Biznes marafon”ning ikkinchi qismi ham koʻtarinki ruhda davom etdi. “Biznes marafon”da 700 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etib oʻzlarini qiziqtirgan savollarga spikerlardan kerakli javoblarni olishdi.

Ushbu “Biznes marafon”da Jizzax politexnika institutining xodimlari hamda talaba-yoshlaridan iborat jamoasi ham munosib ishtirok etdi.