...

15 Noy

“O‘zbekiston Qahramonlari” kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 15-noyabr kuni Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida “O‘zbekiston Qahramonlari” kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida chop etilgan to‘plamda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni hamda “Oltin Yulduz” medali bilan taqdirlangan 103 nafar o‘zbekistonlikning hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi.

Tadbirda O‘zbekiston Qahramonlari va ularning oila a’zolari, jamoatchilik vakillari, ziyolilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti professor-o’qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlaridan iborat jamoasi ham munosib ishtirok etdi.