...

10 Fev

“Giyohvandlikning oldini olish va giyohvandlikning salbiy oqibatlari”

Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida “Giyohvandlikning oldini olish va giyohvandlikning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni fakultetning Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Shamshiyev ochib berdi.

J.Shamshiyev o‘z so‘zida mavzu doirasida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, so‘z navbati Jizzax politexnika instituti profilaktika inspektori F.Normatovga berildi. F.Nomatov o‘z so‘zida oxirgi paytlarda yurtimizda yoshlar orasida narkotik moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish, talaba-yoshlarning giyohvandlikka ruju qo‘ymasliklari, narkotik moddalarning zararli, ayanchli va og‘ir oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, bu illatning oldini olish maqsadida yoshlarning salomatligini kuchaytirishga, barkamol inson qilib tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar, har xil sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi, yoshlarning sport seksiyalariga jalb etilishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari yuzasidan qator tadbirlar amalga oshirilib kelinayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yoshlarga bunday salbiy oqibatlarga olib boruvchi psixotrop moddalarga qaram bo‘lib qolmasliklari zarurligini aytib, viloyatimizda sodir bo‘lgan ayrim noxush holatlar to‘g‘risida statistik ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.

Ma‘lumot o‘rnida ta‘kidlash joizki, 26-iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni.

Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni – giyohvand moddalarga yana bir bor yo‘q deyish, o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga tushib olish, ko‘makka muhtojlarga yordam berish uchun yana bir sababdir.