...

14 Okt

JizPI yangi o‘quv binosi hamda hududlardagi obektlarda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar

Ochiq muloqot: Jizzax politexnika institutining yangi o‘quv binosi hamda hududlardagi obektlarda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Jizzax politexnika institutida boʻlib, yangi foydalanishga topshirilgan oʻquv bino va talabalar turar joylarida yaratilgan sharoit hamda yaqinlashayotgan sovuq kunlarga tayyorgarlik holatini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, talabalar bilan bevosita muloqotda bo‘ldi.

Vazir oʻrinbosari dastavval Jizzax politexnika institutining joriy oʻquv yilida foydalanishga topshirilgan 600 oʻrinli zamonaviy oʻquv binosini borib koʻrdi.

Binoda 2 ta professor-oʻqituvchilar va 4 ta maʼruza oʻqishga moʻjallangan xonalarda pedagoglarning samarali faoliyat olib borishi hamda dars jarayonlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Oʻquv bino eng soʻnggi rusumdagi zamonaviy jihozlar, jumladan, interaktiv monitorlar, “E-Minbar”lar bilan jihozlangan. Elektron pardalar, havoni avtomatik isitish-sovutish tizimi hamda koʻp funksiyali kuzatuv kameralari oʻrnatilgan. Sovuq kunlar yaqinlashayotgani, bunda isitish tizimlari koʻrikdan oʻtkazilgani va tayyor holatga keltirilgani haqida axborot berildi.

Shuningdek, talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Yoshlar bilan muloqotda boʻlgan vazir oʻrinbosari ularning taklif va mulohazalarini tinglab, oʻz tavsiyalarini berdi. Institut masʼullariga isitish tizimi bilan bogʻliq ayrim masalalar yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Talaba-yoshlar bilan samimiy suhbatda boʻlinib, ularni qiynayotgan muammolar, takliflar va ularning kayfiyati bilan qiziqildi.

Jizzax politexnika institutining yangi o‘quv binosi bilan quyidagi videoda tanishishingiz mumkin: https://youtu.be/jwZQGl-PBcA