Hello

“Kitoblar karvoni” Jizzaxda!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-marifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi maslahat kengashi majlisining 2023-yil 22-may kunidagi 33-sonli bayoniga asosan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi balansida mavjud kitoblardan har bir hududga 2 444 donadan ajratildi. Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur kitoblarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaharida o‘tkaziladigan “Yangi O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar turkumidagi “Kitoblar karvoni” loyihasi doirasida taqsimlash belgilangan. Shu o‘rinda joriy yilning 19-iyun kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov haykali majmuasida viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Yangi O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy “Kitoblar karvoni” tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni yanada targʻib qilish, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, milliy va jahon adabiyotini tizimli targʻib qilish orqali vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr-muhabbatni uygʻotish hisoblanadi. U yerda to‘plangan oliy ta’lim muassasalari jamoalari bilan birgalikda poytaxtdan tashrif buyurgan ilm-fan, adabiyot, san’at, madaniyat namoyondalari, turli vazirlik-idoralar va jamoatchilik vakillari kitobxonlik anjumanida faol qatnashdilar va mas’ullar, viloyat mutasaddilari, ijodkorlar o‘z tilaklarini aytib, “Kitob karvoni”ni manzillariga kuzatishdi.

Tadbirda buyuk ajdodlarimiz, momolardan meros milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, yoshlarni tarbiyalashda ularning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

Mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi va institutga kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.