...

16 Iyn

“Munozara” intellektual o‘yini

Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida “Munozara” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, barcha fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, “Energetika va radioelektronika” hamda “Sanoat texnologiyalari” fakultetlari jamoalari a’zolari, talaba-yoshlar hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Mazkur turnirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, institutda tahsil olayotgan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan kelajak liderlari sifatida tarbiyalash, shuningdek, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy va kreativ fikrlash hamda mavjud muammolar yechimi ustida mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi.

Talaba-yoshlarda vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shaklantirish, ularga o‘rtaga qo‘yilgan muammoga atroflicha yondasha olish, o‘z fikrlarini asoslash va aniq bayon qilish, malakalarini shakllantirishda ko‘mak berish hamda to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Jizzax politexnika institutida “Yoshlar oyligi” doirasida “Bilim va tafakkurimiz – shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida “Munozara” intellektual turniri tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, “Energetika va radioelektronika” hamda “Sanoat texnologiyalari” fakultetlari  talabalaridan tashkil topgan jamoa a’zolari, talaba-yoshlar hamda tyutorlar ishtirok etishdi.

Turnirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova ochib berdi. U o‘z so‘zida barcha ishtirokchilarni turnir Nizomi hamda uni o‘tkazish qoidalari bilan tanishtirib o‘tdi. Barcha jamoalarni turnir qoidalariga to‘liq amal qilishi, qoidalarni buzgan jamoalarning esa ballari kamaytirilishi yoki bellashuvdan chetlashtirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Shuningdek, qatnashuvchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida ishtirokchilar mavzu bo‘yicha turli ko‘rgazmali qurollar va multimedia materiallaridan foydalanishi mumkinligini ham ta’kidlab o‘tdi.

Hozirgi vaqtda davrning shiddat bilan rivojlanayotganligi, kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish muhimligi, shuningdek, ma’lumotlarga har kim o‘z munosabatini bildira olishi hamda ularni chuqur tahlil qila bilishi zarurligi to‘g‘risida aytib, bu galdagi ilmiy-ma’rifiy bellashuv ham aynan shu qobiliyatlarining rivojlanishida muhim o‘rin egallashini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, jamoalarga hozirgi kunda dolzarb va ommabop bo‘lgan “Shaxs kamolotida irsiyatdan ko‘ra ko‘proq ijtimoiy muhit ta’sir ko‘rsatadi” mavzusi bo‘yicha savollar o‘rtaga tashlandi.

Ushbu turnirda quyidagi jamoalar ishtiroki etdi:

1.   Energetika va radioelektronika fakultetining “Energetiklar” jamoasi;

2.   Sanoat texnologiyalari fakultetining  “Texnolog” jamoasi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Energetika va radioelektronika fakultetining “Energetiklar” jamoasi 54.5 ball to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.