...

06 Sen

“Mustaqillik darslari” davom etmoqda

Institutimizning barcha fakultetlarida “Mustaqillik darslari” ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarining mas’ul rahbarlari, yirik tadbirkorlar, institutda muvaffaqiyatga erishgan bitiruvchilar, mehnat faxriylari ishtirokida talaba-yoshlar bilan erkin muloqot va muhokama shakllarida olib borilmoqda.

Jumladan, “Energetika va radioelektronika” fakultetida ham birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darslari” qizg‘in tarzda tashkil etilmoqda. O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etilgan davra suhbatida Jizzax viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi yetakchi mutaxassisi Nizom Jamalov, uzoq yillar suv xo‘jaligi bo‘yicha samarali mehnat qilgan Barat Bobojonov, fakultetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari B. Mamatkulov, fakultet tyutorlari ishtirok etdi. Tadbir davomida tashrif buyurgan mehmonlar talaba-yoshlarni bayram bilan tabriklab, o‘z faoliyati va saholari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berishdi.