...

27 Iyl

Tojikiston Respublikasi yoshlari Jizzaxda

Tojikiston Respublikasi yoshlari Jizzaxga yetib keldi.

⚡️ Jizzaxda “Qardosh do‘stim, kelajak biz yoshlar qo‘lida” shiori ostida tashkil etilayotgan xalqaro yoshlar festivalida ishtirok etish uchun 30 nafardan iborat qoʻshni Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati yoshlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mazkur xalqaro yoshlar festivali doirasida turli xil sport musobaqalari, yoshlar siyosatiga oid taqdimotlar, diqqatga sazovor joylarga ekskursiya va galakonsert dasturlari boʻlib oʻtadi.

✍️ Eslatib oʻtamiz ushbu xalqaro festivalda Qozogʻiston Respublikasining Turkiston viloyati, Oʻzbekiston Respublikasining Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyati yoshlaridan tashkil topgan delegatsiya aʼzolari ham ishtirok etadi. Asosiy tadbirlar 27-28 iyul kunlari Jizzax shahrida boʻlib oʻtadi.